• Birlashgan Arab Amirliklari Mehnat vazirligi vakillari markazimizda

 

Joriy yilning 3 may kuni Birlashgan Arab Amirliklari Mehnat vazirligi, shuningdek, bir qator xususiy agentliklarning vakillari delegatsiyasi Toshkentdagi ishsizlar uchun kasb-hunarga o'qitish markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar Markaz faoliyati, xususan Markaz talabalari o'rganayotgan kasblar ro'yxati bilan batafsil tanishdilar. Bundan tashqari, mehmonlar Markazning malakali mutaxassislar tayyorlash potentsiali, o'quv dasturlari va Markaz bitiruvchilarining malakalari haqida batafsil ma'lumot olishdi. Tashrif yakunlari bo'yicha fikr almashildi va kelgusidagi hamkorlik uchun qadamlar belgilab olindi.