img
img

Yangiliklar

img
Markaz

?Diqqat! E'lon!

?Diqqat! E'lon!

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI HUZURIDAGI TOSHKENT SHAHRIDAGI ISHSIZ FUQAROLARNI KASB-HUNARGA O‘QITISH MARKAZI QABUL E'LON QILADI

?O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini rivojlantirish» loyihasi doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Toshkent shahrida tashkil etilgan Kasb-hunarga o‘qitish markaziga o‘quvchilar qabul qilinadi.

✅Markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish (qayta tayyorlash) quyidagi kasblar bo‘yicha bepul amalga oshiriladi:

??Avtomobillarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish  (avtochilangarlar, motorchilar, avtomobillar diagnostikasi bo‘yicha mutaxassislar);

??‍♂️?Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasi (tokarlar, frezerchilar, payvandchilar, chilangarlar va metallarga ishlov berish mutaxassislari);

??‍?⚙️Elektrotexnika, elektronika va avtomatlashtirish (bino va inshootlarni elektromontaj qilish, elektron va maishiy texnikani, radio va teleapparaturani ta'mirlash va ularga servis xizmati ko‘rsatish mutaxassislari);
  
??Axborot texnologiyalari (Nashriyot va grafik dasturlar, loyihalash va dizayn dasturlari, web dasturlash, Office dasturlari, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ularni ta'mirlash bo‘yicha mutaxassislar).

Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 8 oy, shundan Markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy. Markazda o‘qiyotgan talabalar uchun 6 oy mobaynida Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq stipendiya beriladi. Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.

Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Talab qilinadigan hujjatlar: ariza, pasport (asli va nusxasi), ishga joylashtirishni kafolatlovchi uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanma, 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat.

‼️Hujjatlar 2022 yil  15 yanvardan qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli-8 a mavzesi. 

?Murojaat uchun tel: (+99871) 251-19-03, (+99894)660-88-09, (+99894)660-88-03

Onlayn xizmatimizga obuna bo'ling