16-oktabr kuni Toshkent shahar kasbiy ko'nikmalar mintaqaviy markaziga Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ning Uskunalarni o‘rnatish, o‘qitish va infratuzilmalarni umimiy boshqarish bo‘limi vakili Park Chang Hyuk boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida yangi barpo etilayotgan Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazi (NTQTTC) binosi qurilish holati o'rganildi hamda bino uchun Koreya tomonidan yuboriladigan uskunalar uchun ajratilgan joylarni belgilab olishdi.
Manzil: Toshkent sh, Sirg'ali-8a.
Tel: (71) 251-19-03, (94) 660-88-03