img
img

Yangiliklar

img
Markaz

KOICA agentligi vakillari Toshkent shahar Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markaziga tashrif buyurishdi

KOICA agentligi vakillari Toshkent shahar Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markaziga tashrif buyurishdi

Bugun Toshkent shahar Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markaziga Koreya Respublikasining KOICA agentligidan (Korea International Cooperation Agency) Xorijiy ko‘ngillilar dasturi departamenti bosh direktori janob Sikhyon Kim o‘z jamoasi bilan tashrif buyurdi. Tashrif davomida janob Kim markazda faoliyat yuritayotgan koreyalik volontyorlar bilan suhbatlashdi, ularning ish jarayonlari, o‘quv mashg‘ulotlari va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, KOICA jamoasi o‘zining professional videooperatorlari bilan birgalikda Koreyada volontyorlik faoliyatini targ‘ib qilish maqsadida markazdagi o‘quv jarayonlaridan lavhalar suratga olishdi. Tashrif jarayonida tomonlar o‘zaro fikr almashishdi hamda kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi. Mazkur tashrif xalqaro tajriba almashinuvi va ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

 

Manzil: Toshkent sh, Sirg'ali-8a.

Tel: (71) 251-19-03, (94) 660-88-03

Onlayn xizmatimizga obuna bo'ling